Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shma majlis
Joriy yilning 12 fevral kuni Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi majlislar zalida yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shma majlis bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Viloyat IIB YHXB katta inspektori podpolkovnik T.Qlichev, katta leytenant S.Mirzaev, Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari I.Qudratov hamda yo‘lovchi tashuvchi korxona rahbarlari ishtirok etdilar.
Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari I.Qudratov so‘zga chiqib, hozirgi kunning dolzarb masalasiga aylangan yo‘ldagi avariya holatlarini oldini olish, harakat qatnashchilari orasida xushyorlikni oshirib manzilga salomat yetib olishlarini ta’minlash biz transportchilarning asosiy maqsadimiz ekanligini aytib so‘zni Viloyat IIB YHXB katta inspektori T.Qlichevga berdi.
Viloyat IIB YHXB katta inspektori T.Qlichev so‘zga chiqib Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 sentyabrdagi 747-son qarori bandlari bo‘yicha mazmun-mohiyatini yig‘ilish ishtirochilariga tushuntirib berdi.
Jumladan:
Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi va 2019 yil 1 iyuldan boshlab amalga kiritilganligini;
-jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni to‘plovchi markazlashtirilgan tizim ishga tushirilishini;
-markazlashtirilgan tizimga kelib tushayotgan videoyozuvlar bo‘yicha tizimli monitoring yuritish va protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun ushbu tizimni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining «Ma’muriy amaliyot» kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinganligi aytib o‘tdi.