Boshqarma haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-son Farmoni bilan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi.

Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

Vazirlikning vakolatlari va vazifalari yuqoridagi qayd etilgan Farmon, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4143-sonli qarori bilan belgilab berilgan.

Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga kiruvchi hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi.

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi to‘g‘risidagi

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar 

  1. Mazkur Nizom Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasining (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
  2. Boshqarma Sirdaryo viloyatida avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo va elektr transporti va yo‘l xo‘jaligini (keyingi o‘rinlarda transport va yo‘l xo‘jaligi deb ataladi) rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, normativ-huquqiy tartibga solish, hududda yo‘lovchi va yuk tashish sohasida jamoat transporti korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazoratni amalga oshirish, sohani takomillashtirish yuzasidan norma ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
  3. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Trasnport Vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) bo‘ysunadi.
  4. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlikning buyruq va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
  5. Boshqarma o‘z faoliyatini, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
  6. Boshqarmaning o‘zi joylashgan hududda o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
  7. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, davlat tilida vazirlik va o‘zining nomi ko‘rsatilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, jumladan horijiy valyutadagi hisobraqamlarga egadir.
  8. Boshqarmaning rasmiy nomi:
  1. a)     davlat tilida:

to‘liq nomi — Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi;

qisqartirilgani — Transport boshqarmasi;

  1. b) ingliz tilida:                                                                                  

to‘liq nomi — Department of transport of Syrdarya region;                    

qisqartirilgani — Department of transport;

  1. v)     rus tilida:

to‘liq nomi — Upravlenie transporta Sыrdarinskoy oblasti;

qisqartirilgani — Upravlenie transporta.

  1. Boshqarma joylashgan joy (pochta manzili): O‘zbekiston Reepublikasi, 120100, Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, A.Navoiy shox ko‘chasi 64-A-uy.

 

1§. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:

Viloyat hududida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;

transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish.

  1. Boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  • tashuvlar, transport ob’ektlari xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash yuzasidan yangi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va mavjudlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi hamda boshqaruv organlari va xo‘jalik sub’ektlari tomonidan ularga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • mavjud halqaro yo‘laklardan samarali foydalanish va yangilarini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • transport va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlar va konsepsiyalarni, shuningdek, xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘lovchi yo‘nalishlarini joylashtirish uchunochiq tenderlarni o‘tkazish yuzasidan yo‘lovchi tashishlarni tashkil etish bo‘yicha komissiya ishini belgilangan tartibda tashkil etadi;
  • favqulodda vaziyatlarda, shuningdek xizmat ko‘rsatish huquqini yo‘qotgan bitta tashuvchidan yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatish huquqlarini tender asosida aniqlanadigan boshqa tashuvchiga berish o‘rtasidagi davrda ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlarga (tendersiz) to‘liq yoxud qisman xizmat ko‘rsatish huquqini vakolatli tashuvchilarga vaqtinchalik beradi;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati IIBB YHXB bilan kelishilgan holda Sirdaryo viloyatida shahar, shahar atrofi avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarini ochadi (yopadi) hamda o‘zgartiradi;
  • avtotashuvlar, avtovokzal, avtostansiyalar faoliyati, harakatlar tartibi, jadvallari va grafiklariga rioya etilishi, yo‘llarda harakatlanish tezligi monitoringi ma’lumotlari, harakatlar chizmasi, tashish tariflari, haydovchilarning mehnat va dam olish tartibiga rioya etishini boshqarish va dispetcherlik nazoratini o‘rnatishni tashkil etadi;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlari va aholining transport va yo‘l xo‘jaligi faoliyatiga tegishli takliflarini ko‘rib chiqadi, ularni umumlashtirgan holda, Vazirlik markaziy apparatiga taqdim etadi;
  • yo‘lovchilar yo‘nalishlaridagi to‘xtash bekatlarini xatlovdan o‘tkazadi, Vazirlik markaziy apparatiga to‘xtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash yuzasidan takliflar kiritadi;
  • sanoat korxonalari harakatlanuvchi tarkibining umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga chiqishi uchun ruxsatnomalar berishni belgilangan tartibda ta’minlaydi;
  • avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo yo‘lovchilar va yuk tashishlarni litsenziyalashni, litsenziya/litsenziya varaqalari reestrini yuritishni amalga oshiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgust kunidagi “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 278-1-sonli Qonunnga asosan shahar yo‘lovchilar transportida (yo‘nalishli va liniyali taksilardan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni beradi;

Moliya yil yakunida shahar yo‘lovchilar transportida (yo‘nalishli va liniyali taksilardan tashqari) bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati inventarizatsiyasini yuritadi;

  • yo‘lovchilar tashishni amalga oshiradigan tashuvchilar tomonidan choraklik­ moliya hisoboti topshirilganidan keyin mahalliy davlat hokimiyati tegishli organi bilan oldingi chorakdagi ish yakunlari bo‘yicha qoplanishi kerak bo‘lgan amalda ko‘rilgan zararlar xajmini kelishish va aniqlash yuzasidan tegishli tartibda dastlabki xulosalar beradi;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tashuvchilar tomonidan yo‘lovchi transporti sohasida tashuvchilarning yo‘lovchilar hayoti, sog‘ligi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyati bajarilmaganligi uchun aybdor shaxslarni qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortish xaqida taqdimnomalar kiritadi;
  • quyidagilarni nazorat qiladi:

-tashuvchilar tomonidan yo‘lovchilar hayoti, sog‘ligi va (yoki) mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonun hujjatlarida o‘rnatilgan fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashga oid majburiyatlarning bajarilishi;

-litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi;

-avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashishni amalga oshiruvchi avtotransport vositalarida litsenziya varaqalarining mavjudligi;

-O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasidan yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalar, mahalliy  ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida bo‘lgan umumiy foydalanishdagi yo‘lovchilar yo‘nalishlaridagi to‘xtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan pul mablag‘laridan maqsadli foydalanilganligi, Boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning sarflanishi;

-avtomobilda halqaro tashishni amalga oshirishda ruxsatnoma berish tizimi talablariga rioya etilishi;

-avtotransport vositalarining vazn va xajm parametrlariga rioya etilishi.

  1. Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.

2§. Boshqarmaning huquqlari hamda javobgarligi

  1. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

-davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan ular vakolatiga tegishli masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda bepul so‘rash va olish;

-davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy  davlat hokimiyati organlari vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish.

  1. Boshqarma quyidagilar uchun javobgar:
  • Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
  • Vazirlikka kiritilayotgan hujjatlar va takliflar, shuningdek, qabul qilinayotgan qarorlar loyihalarining sifati, ularni amalga oshirish yakuniy natijalari;
  • Viloyat transport va yo‘l xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida tayyorlash;
  • Viloyatda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, muammolimasalalarni hal etish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, «yo‘l haritalari» va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
  • fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’uldir.

2-bob. Boshqarma rahbarining asosiy funksional vazifalari

  1. Quyidagilar boshqarma rahbarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
  • Boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari, Vazirlikning buyruqlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
  • Boshqarmaning faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlargaerishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari vatopshiriqlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida» 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, «Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorigamuvofiq boshqarmada ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish,boshqarma xodimlari tomonidan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishida shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
  • Vazirlik Hay’atiqarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan avtomobil, temir yo‘l, havo va daryo transporti sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish;
  • o‘z o‘rinbosarining vakolatlarini belgilash, boshqarmaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan Boshqarma faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy mas’uliyat darajasini belgilash;
  • Boshqarma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, boshqarma va o‘z o‘rinbosarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular ijrosi holatini nazorat qilib borish;
  • Boshqarmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni tashkil etish, ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, Boshqarma kadrlar zaxirasini shakllantirish;
  • Vazirlik apparata nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, boshqarmaga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-ahloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash;
  • Boshqarma xodimlari, o‘z o‘rinbosarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;
  • Boshqarma xodimlari tomonidan xodimning odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi ta’minlanishini nazorat qilish;
  • «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarigamuvofiq boshqarma tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarningoldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
  • prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishini muntazam tahlil qilib borish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga Boshqarma tomonidan so‘zsiz erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha choralarni ko‘rish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
  • Boshqarma xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitib borish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
  • Boshqarma faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga doir, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlik rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
  • Boshqarma bo‘limlari va boshqarma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  • jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan, «Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Boshqarda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Halk qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;
  • Boshqarma xodimlariga mukofot pullarini, lavozim maoshiga qo‘shimchalar, moddiy yordam pulini to‘lash, mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
  • davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
  • Sudlarda va davlat tashkilotlarida Boshqarmaning mulkiy hamda boshqa manfaatlarini himoya qilish.

3-bob. Boshqarma boshlig‘ining javobgarligi

  1. Boshqarma boshlig‘i:
  • Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
  • Boshqarmaning mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;
  • Mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir.

4-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish

1§. Boshqarma rahbariyati

  1. Boshqarma boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri bilan kelishilgan holda Sirdaryo viloyati hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
  2. Boshliq o‘z maqomiga ko‘ra, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
  3. Boshliq bir nafar o‘rinbosarga ega. 
  4. Boshliqning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziriligi bilan kelishilgan holda Sirdaryo viloyati hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
  5. Boshliq bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari Boshliqning o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.

Boshqarmaning boshqa xodimlari belgilangan tartibda boshqarma boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

2§. Sirdaryo viloyati transport boshqarmasining Vazirlik markaziy apparati bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi

  1. Boshqarmaning Vazirlik markaziy apparati bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
  2. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari Boshqarma bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishda:
  • topshiriqlarni Boshqarmaga yetkazadi hamda ularning ijrosini nazorat qilib boradi;
  • Boshqarmaga bevosita tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rov jo‘natadi va ularning ijrosini nazorat qilib boradi;
  • Boshqarma faoliyatini tekshiradi va o‘rganadi, amaliyotini umumlashtiradi, takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • Boshqarma faoliyatining tashkil etilishi va natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistik va boshqa ma’lumotlarni o‘rganishni tashkil etadi;
  • Boshqarma ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
  • Boshqarmadan kelgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
  • Boshqarmaning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil etadi, ular tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
  1. Boshqarma Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
  • Vazirlik rahbariyati topshiriqlarining ijrosi to‘g‘risida axborot beradi;
  • faoliyatning belgilangan sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga ma’lumot taqdim etadi;
  • ular faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarning bartaraf etilganligi natijalari haqida axborot beradi;
  • Vazirlik markaziy apparatiga belgilangan tartibda va muddatda o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
  • kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik natijalari haqida axborot beradi;
  • vakolatli organlar tomonidan o‘z faoliyatini tekshirishlar natijalari haqida axborot beradi.
  1. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va Boshqarmaning o‘zaro hamkorligi jarayoni davomida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazir topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqilgandan so‘ng ham kelishmovchiliklar hal bo‘lmagan taqdirda, ular bo‘yicha qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.

3§. Boshqarmaning davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik tartibi

  1. Boshqarma o‘z vakolatlari doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikqiladi.

Boshqarma kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l haritalari»ni ishlab chiqish va amalga oshirishda yakindan hamkorlik qiladi.

  1. Boshqarma faoliyati Vazirlik tomonidan nazorat qilinadi.

5-bob. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari

  1. Boshqarma faoliyati muntazam baholab boriladi.
  2. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlariga asoslanadi.
  3. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlaribo‘yicha:
  • Boshqarma rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;
  • Boshqarma faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
  1. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Vazirlik tomonidan belgilanadi.

6-bob. Boshqarma faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga hak to‘lash va moddiy rag‘batlantirish

  1. Boshqarmani moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetimablag‘lari, Vazirlik huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
  2. Boshqarma xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, rag‘batlantirishlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va boshqa to‘lovlardan iborat.

Boshqarma xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari bo‘yicha belgilanadi.

Vazirlik Boshqarma xodimlarining lavozim maoshlariga, O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori bilan Boshqarma ta’minoti uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdori o‘rtasida yuzaga keladigan tafovut hisobiga 2 barobargacha o‘sib boruvchi koeffitsientni qo‘llashga haqli.

Boshqarma xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish, Vazirlik huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ish haqi fondiga nisbatan 200 foizgacha miqdorda amalga oshiriladi.

Boshqarma xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 9 yanvardagi PQ-2722-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari tadbiq etiladi.

  1. Boshqarma xodimlari sonining qisqartirilishi va bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi sababli bushaydiganmehnatga haqto‘lash jamg‘armasi mablag‘lari boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
  2. Vazirlik Boshqarma xodimlari mehnatini qo‘llab-quvvatlash, ular hayotining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlik huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vazirlik tomonidan belgilangan tartib asosida turar-joy va respublikamizda ishlab chikarilayotgan avtotransport vositalarini harid qilish uchun kreditlarni rasmiylashtirishda dastlabki to‘lovni amalga oshirish uchun foizsiz qarzlar berish huquqiga ega.

Foizsiz qarzlar Vazirlik hay’ati qarori asosida Vazirlik va xodim o‘rtasida qarz shartnomasini tuzish va qarzni qaytarish jadvalini tasdiqlash yo‘li bilan beriladi.

Turar-joy harid qilish uchun dastlabki to‘lovlarga kredit taqdim etish muddati 10 yilni, avtotransport vositalari haridi uchun 5 yilni tashkil etadi.

Qarz uchinchi shaxs kafilligi asosida taqdim etiladi, kafillik shartnomasining notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi. Qarz tasdiqlangan jadval asosida to‘lanmagan taqdirda, to‘lov miqdori qarz shartnomasi shartlariga muvofiq belgilangan tartibda undiriladi.

Xodimning Vazirlik tizimidagi mehnat faoliyati to‘xtatilgan takdirda, karzning to‘lanmagan miqdori bir oy muddatda Vazirlikka qaytarilishi shart.

  1. Boshqarma xodimlariga ish haqini va rag‘batlantirishlarni to‘lash shartlari Boshqarma xodimlariga ish haqi va qo‘shimcha rag‘batlantirishni to‘lash tartibi bilan belgilanadi.

7-bob. Boshqarma hisobdorligi

  1. Boshqarma o‘z faoliyatlari to‘g‘risida Vazirlikka hisobot beradi.
  2. Vazirlik rahbariyati Boshqarma faoliyatini yuklangan vazifalarning Boshqarma tomonidan samarali bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib boradi, Boshqarma faoliyati samaradorligini holisona baholaydi.
  3. Monitoring va baholash natijalariga ko‘ra, boshqarmaning alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish choralari ko‘riladi, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan esa javobgarlik choralari, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha jazo qo‘llaniladi.

8-bob. Yakunlovchi qoida

  1. Boshqarma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.