Barchangizga ma’lumki, Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devoridan suv chiqishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini, Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi bir qator aholi punktlariga jiddiy zarar yetkazdi.
To‘g‘on yorilishi natijasida talofat ko‘rgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr-muruvvat va insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining Toshkent shahar transport boshqarmasi tomonidan ham sirdaryoliklar uchun oziq ovqat maxsulotlari insonparvarlik yordami sifatida keltirildi.