SIRDARYO VILOYATINING YO‘LOVChI TASHUVCHI KORXONALARI VA GULISTON VA XOVOS TEMIR YO‘L VOKZALLARI RAHBARLARI DIQQATIGA!
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi Sizga shuni ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2021 yil 22 iyunda tasdiqlangan “O‘zbekiston Reaspublikasiga koronovirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbir dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi"ning 72-sonli yig‘ilish bayonida Transport vazirligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Nazorat rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Mazkur nazorat rejasining 1 bandida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
Jumladan:
—Yo‘nalishli avtobus haydovchilari (konduktorlari) niqobsiz bo‘lgan shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik (kiritmaslik) choralarini ko‘rish hamda muntazam ravishda mikrafon orqali shaxslarni mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish;
—Jamoat transportlarining oxirgi bekatida dezinfeksiya-tozalash ishlarini amalga oshirish;
—Temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda sanitariya-yepidemilogiya talablariga amal qilinishini qat’iy nazoratga olinishi;
Shu bilan birgalikda dezinfeksiya va tozalash tadbirlarini muntazam ravishda yo‘lga qo‘yilishini ta’minlashni so‘raymiz.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati