HAMKORLIKDAGI TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Chop etish Sahifani ulashish
03.06.2021 14 Yangiliklar

HAMKORLIKDAGI TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

 

Sirdaryo viloyat transport boshqarmasining Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash bo‘limi inspektorlari va Sirdaryo viloyat IIB YHXB xodimlari bilan birgalikda nazorat tadbirlari o‘tkazilishi davom etmoqda.

Tadbirlar davomida haydovchilarga yo‘l-harakati qoidalariga qat’iy rioya etish, avtotransport vositalarini texnik soz holatda boshqarish, litsenziyasiz tashishlar bilan shug‘ullanmaslik, yo‘lovchilar qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik, harakat davomida musiqani balandlatib harakatlanmaslik va sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.05.2021 yildagi  “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5108-sonli Qarorining mazmun-mohiyatini barcha shahar va tumanlarda transport boshqarmasi inspektorlari haydovchilarga tushuntirish bilan birgalikda kerakli ko‘rsatma ham berdi. 

Bunday tadbirlar doimiy tarzda davom ettirilmoqda.

 

 

Sirdaryo  viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati