Viloyatimiz aholisiga yana bir yengillik yaratish maqsadida Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi tomonidan BOYOVUT-TOSHKENT shaharlaro yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
BOYOVUT-TOSHKENT yo‘nalishidagi avtobus qatnovi Bovut avtostansiyasidan 6-20 da boshlanib Guliston avtostansiyasi orqali Toshkent shahriga yo‘l oladi.
“Toshkent” avtovokzalidan avtobus 15:00 da Boyovut shaharchasiga jo‘naydi.
Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari va chipta narxlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni “Toshkent” avtovokzalining (71) 207-87-00 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.