22 AVGUSTDAN SHAHARLARARO ELEKTROPOEZDLAR QATNOVI YO‘LGA QO‘YILADI

Chop etish Sahifani ulashish
21.08.2020 5 Yangiliklar

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan 2020 yil 22 avgustdan boshlab, Sirdaryo viloyati Temiryo‘l vokzalida Toshkent-Guliston, Guliston-Toshkent yo‘nalishidagi elektropoezdlar qatnovi qayta tiklanadi.

 

Hurmatli yo‘lovchilar!

Vokzal hududida hamda vagon ichida karantin talablari bo‘yicha belgilangan barcha sanitariya-gigiena qoidalariga doimiy ravishda qat’iy rioya qiling. O‘zingiz va atrofdagilarning salomatligiga befarq bo‘lmang!

 

Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi mabuot xizmati