Yo‘l haqqining keskin oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Chop etish Sahifani ulashish
22.07.2020 14 Yangiliklar

Yo‘l haqqining keskin oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

 

         Koronavirus infeksiyasining aholi orasida ko‘payib ketganligi va o‘lim holatlari kuzatilganligi sababli barcha viloyatlarga kirish-chiqish vaqtinchalik to‘xtatildi. Jamoat transportlarining kamayib ketganligi sababli, yo‘lkira haqqining keskin ko‘tarilishi ko‘plab noroziliklarni keltirib chiqarmoqda.

         Karantin sharoitida odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini inobatga olgan holda yo‘lkira haqqini oshib ketmasligini ta’minlash juda muhim. Mana shunday vaziyatdan foydalanayotgan ayrim yo‘nalishsiz taksi haydovchilarining yo‘lkira haqqini bir necha barobarga oshirib yuborishi to‘g‘rimikan? Bugungi sinovli kunlarda vaziyatni to‘g‘ri anglagan holda xalqimiz manfaati yo‘lida, yo‘lovchilar huquqlarini poymol etmagan holatda faoliyat olib borishi, yo‘lkira haqqini sun’iy ravishda oshirib yuborilmasligiga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi.

         Shuningdek, Sirdaryo viloyat Transport boshqarmasining inspektorlari hamda IIB YHXB xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh tomonidan qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilib, haydovchilarni karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda harakatni amalga oshirishlari hamda yo‘lkira narxining asossiz ravishda oshirib yubormasliklari, aks holda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishlari  to‘g‘risida ogohlantirildi.

         Karantin tadbirlariga rioya qilgan holda haydovchi va yo‘lovchilar qo‘yidagi talablarga amal qilishlari shart:

—yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi;

—haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi);

—yo‘lovchilar avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi;

—yo‘nalishsiz taksi haydovchisi faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanishi lozim.

          Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasining qarori bilan ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.