“Yangi Sirdaryo” gazetasining 14 sonida “Qolgan ishga “qor yog‘adi(mi?)” nomli sarlavhasi ostida chiqqan jurnalist surishtiruvi natijasida yozilgan maqolaga Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.
Yangi Sirdaryo gazetasida Jurnalist Abdurazzoq Burievning Sirdaryo bekati 3448 km 9 PKda joylashgan uzunligi 95.25 metrlik yo‘lovchilar o‘tish ko‘prigining qurilishi haqida yozgan maqolasida bildirilgan fikrlarga izoh.

2020 yilda dunyo miqyosida yuz bergan pandemiya mamlakatimizda ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatdi. Barchaga ma’lumki, 2020 yil mart oyidan boshlab, respublikamizdagi ko‘plab tashkilotlar faoliyati to‘xtatildi. O‘sha paytda mazkur ko‘prikda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ham ortga surildi. Shunga qaramay bugungi kungacha ushbu ko‘prikda bir qator ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan;
Ko‘prikning asosiy yo‘lagidagi eski asfalt yo‘lak buzib tashlanib, yo‘lak tozalandi va polimer bitum bilan ishlov berildi hamda asosiy yo‘lak ustiga beton quyildi.
Ko‘prikning shahar qismidagi uzunligi 29.8 metrlik va 23.89 metrlik 2 ta zinapoya to‘liq, bozor qismga qaragan uzunligi 26.37 metrlik 1 ta zinapoyaning yarmigacha yana bitta zina poya to‘liq demontaj qilindi. Bundan tashqari, bekat xududiga tushgan uzunligi 29.8 metrlik zina poya ham to‘liq demontaj qilindi. Bundan tashqari ko‘prikni ta’mirlash jarayonida yangi zina poyalar uchun kotlovanlar qazilib, yer ishlari hamda zinapoyalarning oporalari uchun betonlanib stakanlar o‘rnatildi va izolyatsiya ishlari bajarildi. Shahar qismiga tushgan 3 ta zinapoya opora va kosuarlari hamda lestnichniy marshlari to‘liq yangilandi. Bozor qismiga tushgan zinapoya stakanlari kosuar hamda lestnichniy marshlari bilan yangilandi.
Mazkur ko‘prikning 3 ta zina poya va asosiy yo‘lagi to‘liq temir panjara bilan o‘raldi.Tom yopmalar uchun fermalar montaj qilindi.
Ayni kunda ushbu ko‘prikda ta’mirlash ishlarining so‘ngi bosqich ishlari amalga oshirilmoqda. Bu jarayon nihoyasiga yetkazilishi bilan ko‘prik foydalanishga topshiriladi.
Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi matbuot xizmati