Viloyatimiz aholisi va mehmonlari diqqatiga!
TEZ KUNLARDA!
Viloyatimizning Yangier shahridan Tojikiston Respublikasining Istaravshan (eski nomi O‘ratepa) shahriga qatnovchi “Yangier – Istaravshan-Yangier” xalqaro yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi!
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Guliston shahridan ro‘yxatdan o‘tgan “Timur Avto Trans Servis” MChJ va Tojikiston Respublikasi tomonidan esa “Dovud” MChJlar o‘rtasidagi shartnoma tuzilib, ruxsat beruvchi barcha hujjatlar ikki davlat transport vazirliklari tomonidan imzolanib, yo‘nalishning faoliyat ko‘rsatishiga ruxsat berildi.
O‘zbekiston tomonidan jo‘nab ketish joyi “Yangier” avtostansiyasi, Tojikiston tomonidan esa Istaravshan shahri markazi.
Yo‘l kira narxlari bir yo‘lovchiga:
O‘zbekiston Ruspublikasidan jo‘nab ketishda- 27000 so‘m
Tojikiston Respublikasidan jo‘nab ketishda -27 somon
Mikroavtobuslar quyidagi jadval asosida harakatlanadi: Ushbu yo‘nalishda qatnovlar boshlanadigan aniq sana bo‘yicha tez kunlarda qo‘shimcha ma’lumot beramiz.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati