VILOYaTDAGI BARChA EKSPORTYoRLAR, XALQARO YuK TAShISh FAOLIYaTI BILAN ShUG‘ULLANAYoTGAN TAShUVChI KORXONALAR RAHBARLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston eksportyorlari” axborot portali (uzexporter.ru veb sahifasi) tashkil qilinganligini ma’lum qilamiz.
Ushbu loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘zbekistonlik boshlovchi va nufuzli eksportyorlarning ishlab chiqargan mahsulotlarini eksport qilishga ko‘maklashish, eksport mahsulotlarining turlari va hajmlarini ko‘paytirish, tashqi iste’mol bozorida o‘z o‘rnini topishda hamkorlik qilish, Rossiya va O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qulay sharoitlarda elektron ma’lumot almashish tizimini yaratish, Rossiya ishbilarmon doiralarini O‘zbekistonning eksport salohiyati va imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat.
Mazkur saytda davriy ravishda O‘zbekiston eksportyorlarining tijorat takliflari, o‘z navbatida Rossiyalik importyorlarning mahsulotlarni xarid qilish yuzasidan talab va ehtiyojlari yuzasidan so‘rovnomalari joylashtirib boriladi va yangilanib turiladi.
“O‘zbekiston eksportyorlari” axborot portali (uzexporter.ru veb sahifasi) biznesingiz rivoji va ravnaqi uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatdir.
Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi Matbuot xizmati