Viloyatda yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi avtokorxona rahbarlari va haydovchilr diqqatiga!

Chop etish Sahifani ulashish
01.03.2021 99 Yangiliklar

Viloyatda yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi avtokorxona rahbarlari va haydovchilr diqqatiga!

 

Yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, jamoatchilikning fikrini va xohish-istagini inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015 y.12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 138-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
138. Kunning yorug‘ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:
transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida;
bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida);
mototsikl va mopedlarda harakatlanish davrida yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi belgilab berildi.

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati