VILOYAT TRANSPORT BOSHQARMASIDA SAYYOR SUD MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
Ma’lumki, 2020 yilning 24 iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6034-sonli Farmon imzolandi.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Barcha toifadagi sud ishlarini sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqish amaliyotining kengaytirilganligi aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va sud hokimiyatining ochiqligini oshirish yo‘lida ko‘rilgan muhim choradir.
Huquqbuzarliklarni bartaraf etish, bu borada mavjud taklif va mulohazalarni o‘rganish, sudlar faoliyatini ochiqligi va shaffofligini namoyon qilish, fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini ta’minlashda sayyor sudlarning ahamiyati juda ham katta.
Shu sababli Sirdaryo viloyat transport boshqarmasida Guliston shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi U.Jumaev ishtirokida sud majlisi bo‘lib o‘tdi.


Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudi raisi U.Jumaev o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bo‘yicha haydovchilarga tushuntirib o‘tdi.

Viloyat transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan 13 nafar fukarolarning ishi ko‘rilib, shundan 8 nafariga ma’muriy chora ko‘rildi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati