VIDEOMUROJAATGA JAVOB!

Chop etish Sahifani ulashish
23.06.2021 5 Yangiliklar

VIDEOMUROJAATGA JAVOB!

Ijtimoiy tarmoqlarda "Biz nechinchi asrda yashayapmiz — buni nazorat qiladigan bormi? Yangier shahridagi holat" sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan Xovos TYFUKning rasmiy munosabati

M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining 139-143 km oralig‘ini rekonstruksiya qilish ob’ekti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya dasturlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067 qarorining manzilli ro‘yxatiga tushgan.

Ushbu dastur asosida PK 46+50-50+25 va PK 52+00 PK 53+75 oralig‘ida bo‘ylama va ko‘ndalang kesimla I kategoriya parametrlariga to‘g‘ri kelmasligi sababli, hozirgi kunda avtomobil yo‘lining mavjud qoplama va asosi to‘liq buzib olinib, yangidan tuproq ishlari va 50 sm qalinlikda 2 qatlamli QShAdan asos, 10 sm qalinlikdagi yuqori g‘ovakli asfaltobeton qorishmasidan ustki asos, 8 sm qalinlikdagi yirik zarrali asfaltobeton qorishmali ostki qatlam va 6 sm qalinlikdagi mayda zarrali ustki qatlam asfaltobeton qoplamasi yotqizish ko‘zda tutilgan.

Bo‘ylama nishabliklarni yo‘lning parametrlariga moslab ko‘tarish uchun 170 smgacha ko‘tariladi. Shuningdek, ma’lumot o‘rnida aytishimiz kerakki, shahrimiz aholisi va mehmonlariga qulayliklar yaratish maqsadida, sog‘lomlashtirish yo‘laklari va velosiped yo‘laklari tashkil etiladi.

Shu o‘rinda yuqorida ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshirish uchun Respublika IIV YHXBB hamda viloyat IIB YHXB bilan kelishgan holda, ob’ektning 143-146 km oralig‘ida transport vositalarining vaqtinchalik aylanib o‘tishi sababli yo‘lning ushbu qismi ma’lum muddatga yopilishini ma’lum qilamiz. Kelishilgan sxema bo‘yicha haydovchilarimiz M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘li- 4R-32 “Yangier-Paxtakor” avtomobil yo‘li - 4R-196a - 4R-196 avtomobil yo‘llari orqali harakatlanishlari mumkin.

M-34 "TOShKENT-DUShANBE" avtomobil yo‘lining 139 - 145 km oralig‘ini avtomobillarning harakatini vaqtinchalik aylanib o‘tish yo‘li sxemasi.

Avtomobil yo‘llarida transport vositalarining harakatlanishida tug‘ilgan noqulayliklar uchun haydovchilarimizdan uzr co‘raymiz!

 

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati