Transportchilar kuni munosabati bilan “TRANS IMKON SERVIS” MChJ rahbari taqdirlandi

Chop etish Sahifani ulashish
29.10.2025 51 Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i N.Talabaev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi “Jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 116-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Guliston shahrida brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritib kelayotgan, Yangier shahrida joylashgan “TRANS IMKON SERVIS” MChJning avtosaroy holati, avtosaroyning kuz-qish mavsumiga tayyorligi, yaratilgan zahiralari, yo‘lga qo‘yilgan dispecherlik hizmatlari o‘rganib chiqildi hamda korxona rahbariga tegishli tavsiya, maslahatlar berildi.

Viloyatda transport sohasida o‘zini namunali xizmati bilan mehnat qilib kelayotgan “TRANS IMKON SERVIS” MChJ rahbari U.Safarovga 26-oktabr transportchilar kuni munosabati bilan Transport vazirligining faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alarini topshirdi va bayram tabrigini yo‘lladi.