TOSHKENTDA XALQARO AVIATSIYA FORUMI ISH BOSHLADI

Chop etish Sahifani ulashish
19.02.2020 13 Yangiliklar

Bugun, 19 fevral kuni Toshkent shahrida Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumi ish boshladi.   

      I Xalqaro aviatsiya forumi O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, Uzbekistan Airports AJ hamda BAAning Fair Exhibition Organizers kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan.  

 19.02.2020.jpg2

       UAALF 2020 xalqaro forumida Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Hindiston, Braziliya, Turkiya, Kuvayt, Misr, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi ko‘plab davlatlardan 60dan ziyod eksponent, 300 delegat va 1200 mutaxassis, jumladan xorijiy davlatlarning transport vazirliklari rahbarlari, fuqaro aviatsiyasi va aeroportlar boshqaruvi vakillari, yetakchi xalqaro va xorijiy aviakompaniyalar, aeroportlar, aviatsiya hamda transport sohasidagi kompaniyalarning yuqori lavozimli rasmiylari ishtirok etmoqda.

      19-20 fevral kunlari o‘tkaziladigan ikki kunlik tadbirga dunyoning 130ga yaqin xalqaro tashkiloti jalb qilingan, xususan, Boing va Jetcraft (AQSh), Air Charter Service (Buyuk Britaniya), Bombardier Business jets (Kanada), TLD (Hindiston), Luftansa Consulting (Germaniya), EGIS (Fransiya), ATR (Ispaniya), Kuwait Airways (Kuvayt), Air Arabia va BGT Events (BAA), Gulf Air (Bahrayn), Korean Air va Asiana Airlines (Janubiy Koreya), Azerbaijan Airlines (Ozarboyjon), Aeroflot va IrAero (Rossiya), Al Masriya (Misr), Zagros Airlines (Eron), Pegasus Airlines va Turkish Airlines (Turkiya), Mitsubishi Corporation, Air Astana (Qozog‘iston) va boshqalar shular jumlasidan.