“Har qanday millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak, millat ruhini yo‘qotmakdir”, degan edi ulug‘ mutafakkir Abdulla Avloniy.
Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa bugungi globallashuv–dunyo xalqlarining turmush-tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so‘zlarning zalvori ikki hissa ortadi.
Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan hududdagi shahar, viloyat va tumanlarga qatnovchi avtobus va mikroavtobus hamda boshqa jamoat transport vositalarining yo‘nalish ko‘rsatkichlari-trafaretlarining tayyorlanishida va avtotransport vositalarida reklama e’lonlarini joylashtirishda davlat tili me’yorlariga rioya qilinishi yuzasidan mutasaddi xodimlar va haydovchilar o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Til – millat ko‘zgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. Shu bois ona -tilimizni hurmat qilish, uning boy imkoniyatlarini o‘rganish barchamizning asosiy burchimiz bo‘lishi lozim.