Tender

Chop etish Sahifani ulashish
19.02.2020 37 Yangiliklar

Bugun Sirdaryo viloyat transport boshqarmasida Viloyat avtotransport sohasini boshqarish va yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish Komissiyasi tomonidan ochiq tender o‘tkazildi.

 

O‘tkazilgan ochiq tenderga 74 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari qo‘yilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishlardan:

  1. ShYT-258 Sohil shaharchasi – Sayxun qo‘rg‘oni

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishi bo‘yicha Komissiyaga 2 ta tender takliflari kelib tushgan. Tashuvchilar tomonidan taqdim etilgan takliflar tabaqalashtirilgan ballar asosida baxolanib, yuqori ball to‘plagan tashuvchi g‘olib deb e’lon qilinadi.

  1. ShAY-203 Yangier – Boyovut, Sharqobod orqali
  2. ShAY-215 Guliston – Boyovut, G‘allakor orqali
  3. ShAY-233 Yangier AS – E.Qaxxorov sh-x
  4. ShAY-234 Yangier – Boyovut (Yangier tomon)
  5. ShAY-243 Yangier – A.Temur SIU
  6. ShAY-267 Guliston – Boyovut, 3-Boyovut orqali (ikki tomondan)
  7. ShAY-272 Guliston – U.Yusupov FXXU 4-bo‘lim, Sh.Rashidov orqali
  8. ShAY-286 Elobod qishlog‘i – Guliston
  9. ShYT-203 Yangier – Nurobod
  10. ShYT-217 Guliston – Boyovut, G‘allakor orqali
  11. ShYT-223 Guliston – Boyovut, U.Yusupov orqali
  12. ShYT-228 Yangier – Boyovut (Boyovut tomon)
  13. ShYT-231 Boyovut – Boyovut-1
  14. ShYT-252 Guliston - Sardoba qo‘rg‘oni
  15. ShYT-241 Guliston – Sirdaryo (Guliston tomon)
  16. ShYT-251 Sirdaryo – Baxt (Sirdaryo tomon)
  17. ShI-10 Guliston TYB – Guliston dexqon bozori

 Yo‘nalishlarda 2 marta bittadan ishtirokchi tender takliflari bilan ishtirok etishdi. Bugun yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha tender takliflari baxolanib, tender talabgorlari minimal ball to‘plagan holatda ular tender g‘olibi deb e’lon qilinadi.

  1. ShAY-265 Sirdaryo – Guliston (terma)
  2. ShAY-213 Toshkent mahallasi – Guliston
  3. ShAY-210 Guliston – Ishonch
  4. ShAY-216 Sirdaryo – Baxt
  5. ShAY-289 Guliston – Yangiobod
  6. ShAY-228 Guliston - Navbaxor
  7. ShI-1 Yangier – Xovos
  8. ShYT-249 Sohil shaharchasi – Guliston
  9. ShYT-204 Shirin – Qoraqum

Yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi marta bittadan ishtirokchidan tender takliflari qabul qilinganligi va raqobat muxiti kuzatilmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 16 fevraldagi  34-sonli qaroriga asosan ushbu yo‘nalishlarda tender o‘tkazmasdan navbatdagi ochiq tenderga qoldiriladi.