Tashkilotga umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga chiqishiga ruxsatnoma berildi

Chop etish Sahifani ulashish
29.11.2021 14 Yangiliklar

Tashkilotga umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga chiqishiga ruxsatnoma berildi

Ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, temir yo‘lda harakatlanuvchi tarkibning umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga chiqishiga ruxsat berish hamda harakatlanuvchi tarkib holatini ko‘zdan kechirish va tegishli xodimlardan (mashinist, mashinist yordamchisi va poezd tuzuvchisi) sohaga oid bilim va ko‘nikma darajalarini aniqlash maqsadida, “INRER GRAIN” MChJ tomonidan Sirdaryo viloyati transport boshqarmasiga kelib tushgan murojaatlarga asosan, joriy yilning 25 noyabr kuni Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi, Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli va “O‘zbekiston” lokomotiv deposi, Xovos bo‘limi mutaxassis-xodimlaridan iborat komissiya tarkibi bilan birgalikda “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” tarkibidagi “Yangier” bekatiga ulangan “Inter Greyn” temir yo‘l shaxobcha yo‘liga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida harakatlanuvchi tarkiblarning holatlarini o‘rganib, mas’ul xodimlardan (mashinist, mashinist yordamchisi va poezd tuzuvchisi) sohaga oid bilim va ko‘nikma darajalarini aniqlash maqsadida imtixon o‘tkazildi.
Ko‘rik va imtixon natijalariga ko‘ra:
“INRER GRAIN”MChJning 6 ta mas’ul hodimiga bir yil muddatga guvohnoma;
-TGM-4-B №0234 rusumli harakatlanuvchi tarkibiga bir yil muddatga (26.11.2021 yildan 25.11.2022 yilgacha) ruxsatnom berildi.