Sirdaryoda koronavirusga qarshi kurashish ishlari olib borilmoqda!

Chop etish Sahifani ulashish
19.03.2020 16 Yangiliklar

 

Jumladan, sanitariya epidemiologiya markazi mas’ul xodimlar bilan birgalikda avtobus va mikroavtobuslar saloniga quyosh nuri tushishini ta’minlash maqsadida oynalarga o‘rnatilgan pardalarni yechib olinishi, avtostansiyalarda mavjud barcha xonalarni dezinfeksiya qilinishini nazorat qilish, avtobus va mikroavtobuslarni  dezinfeksiya qilish ishlari tashkil etilgan bo‘lib, har bir transport vositalari har 4 soatda dezinfeksiya qilinmoqda. 

Shu bilan birga haydovchilarni kundalik tibbiy va texnik ko‘rik vaqtida haydovchilarning sog‘lig‘ini sinchiklab tekshirilishi nazorati olib borilmoqda.