Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlaridagi jamoat transporti bilan qamrab olinmagan 24 ta aholi punktalari hamda bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot

Chop etish Sahifani ulashish
08.02.2021 5 Yangiliklar

Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlaridagi jamoat transporti bilan qamrab olinmagan 24 ta aholi punktalari hamda bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot

 

Jadvalda berilgan tumanlardan Guliston tumanining Baxmal, Oqoltin, Tajribakor, X.Olimjon MFYlari, Sirdaryo tumanining Dehqonobod MFY va Xovos tumanining Oqchangal, O‘zbekiston to‘kinchiligi MFYlaridan tuman hamda viloyat markazlari qatnovchi yo‘nalishlarda transport qatnovlari tiklanib, hududlar jamoat transporti bilan  qamrab olindi.

Bular:

Sirdaryo tumanining Dehqonobod MFY aholisiga “Insof” MChJ tomonidan  7 dona “Damas” rusumli yo‘nalishi taksilar “I.Karimov - Guliston” shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishiga biriktirilib, yo‘nalishda qatnovlar tiklandi.

Xovos tumanidagi Oqchangal MFY va O‘zbekiston to‘kinchiligi MFYlari aholisiga transport xizmati ko‘rsatish uchun “Yan Ravshan Trans” MChJ tomonidan 1 dona Isuzu rusumli yo‘nalishga biriktirilib, aholining tuman markazi hamda Yangier shahriga borib kelishlari uchun jamoat transporti xizmatlari tashkil etildi.

Guliston tumanidagi Baxmal, Oqoltin, Tajribakor, X.Olimjon MFYlari aholisiga transport xizmatlari tashkil etish uchun “Sherzod Trans Servis” MChJ tomonidan  3 dona “Gaz” rusumli mikroavtobuslar “Guliston – Oltin o‘rda” shahar atrofi yo‘nalishiga biriktirilib, tumandagi aholi punktlari jamoat transporti bilan qamrab olindi.

Yuqoridagi yo‘nalishlarda jamoat transporti qatnovlari aniq belgilangan jadvallar asosida har kuni qatnovlarni amalga oshib kelmoqda.

Qolgan tumanlardagi aholi punktlariga jamoat transporti harakati va ularning aholi uchun qulayligini yaratish doirasida manzilli ishlar tashkil etilgan bo‘lib, ushbu hududlarda yangi yo‘nalishlarni ochish, mavjudlarini qayta ko‘rib chiqish, oraliq avtobus bekatlarini rekonstruksiya qilish va qayta qurishga xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan “IShChI GURUH TARKIBI”ning  ma’sul xodimlari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar tashkil etilmoqda.

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati