Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlardagi jamoat transporti bilan qamrab olinmagan 24 ta MFYlardan 10 ta MFYlarida aholiga transport xizmatlari tashkil etildi
Sirdaryo viloyat avtotransport sohasini boshqarish va yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish komissiyasi tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida ochiq tender tanlovlari o‘tkazilmadi.
Aholi demogragik holati, daromadi va transportga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yo‘nalishlar tarmog‘i loyihalari belgilanib olindi.
Hozirgi kunda Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlardagi jamoat transporti bilan qamrab olinmagan 24 ta MFYlardan 10 ta MFYlarida aholi transport xizmatlari tashkil etilgan.
Bular:
- Guliston tumanida ShYT-236 sonli “Oltin O‘rda - Guliston” shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishi tiklanib, “Sherzod trans servis” MChJ tomonidan “Gaz” rusumli 2 dona yo‘nalishli taksilar qatnovi tashkil etilib, “Oqoltin”, “Tajribakor”, “H.Olimjon” hamda “Baxmal” MFYlar aholisiga jamoat transporti xizmatlari tashkil etildi.
- Oqoltin tumanida “Yangi Toshkent MFY - Sardoba qo‘rg‘oni” hamda “Yangi Toshkent MFY - Guliston” yo‘nalishli taksi yo‘nalishi tashkil etilib, “Sirdaryo xalq karvoni” MChJ tomonidan 10 dona yo‘nalishli taksilar qatnovi tashkil etilib, “Yangi Toshkent” MFY va “Nayman” QFY aholisiga jamoat transporti xizmatlari tashkil etildi.
- Sirdaryo tumanida ShYT-274 sonli “I.Karimov-Guliston” shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishi tiklanib, “Insof” MChJ tomonidan “Damas” rusumli 7 dona yo‘nalishli taksilar qatnovi tashkil etilib, “Dehqonobod” MFY aholisiga jamoat transporti xizmatlari tashkil etildi.
- Sayxunobod tumanida “Farovon”, “Paymard” va “Do‘stlik” MFYlarga xizmat ko‘rsatuvchi, “Paymard - Sayxun, Hisor orqali” va “Do‘stlik - Sayxun” yangi avtobus yo‘nalishlari sinov tariqasida tashkil etilib, yo‘nalishlarda “Mirkomil Trans Baraka” MChJga qarashli 1 donadan Isuzu rusumli avtobusi belgilangan jadvallar asosida qatnovlarni amalga oshirmoqda.
Bundan tashqari, qolgan 14 ta MFYda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Boyovut tumani bo‘yicha
“Tinchlik” MFYga jamoat transporti xizmati tashkil etish maqsadida, Boyovut tumanida joylashgan “Nurafshon o‘lka” IChSTFga qarashli 1 dona “GAZ” rusumli mikroavtobus ajratilib, “Tinchlik MFY – Boyovut” yo‘nalishli taksi yo‘nalishida qatnovlar tashkil etildi. Lekin, yo‘nalishda yo‘lovchilar oqimi kamligi, yo‘nalishda transport vositasi yoqilg‘isining harajati ham qoplanmaganligi sababli qatnovlarni to‘xtatishga majbur bo‘lindi.
Mazkur yo‘nalishda subsidiyalash tizimini joriy qilish orqali tashkil etilishi belgilab olindi.
Subsidiyalash tizimi orqali yo‘nalishda aholiga transport xizmati tiklansa, tumanning “Tinchlik” MFY jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olinib, mahalliy aholi uchun qulay transport xizmatlari tashkil etiladi.
“Yangiobod” MFY joriy yilda “Obod mahalla” davlat dasturiga tushgan bo‘lib, mahalla ichki avtomobil yo‘li harakat xavfsizligi talablariga javob bergandan so‘ng “G‘alaba - Guliston” yo‘nalishi tiklanib, mahalla aholisiga jamoat transporti xizmati tashkil etiladi.
Sirdaryo tumani bo‘yicha
“Taraqqiyot” MFY, “Hikmatli” MFY, “Ulug‘bek” MFYlariga amalda “Damas” rusumli yengil avtomobillar xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu avtomobillar faoliyati litsenziyalangandan so‘ng, ShYT-268-sonli “Sirdaryo - Sirdaryo SIU” yo‘nalishli taksi yo‘nalishi tiklanadi.
“Intilish”MFY, “Ilg‘or” MFY, “Turkiston” MFY hamda “Orzu” MFYlarga jamoat transporti xizmatlari tashkil etish maqsadida, Sirdaryo tumanida joylashgan “Sirdaryo Avtobus Saroyi” MChJga qarashli 1 dona Isuzu rusumli avtobus ajratilib, “Sirdaryo – Malik - Baxt” (aylanma) shahar atrofi avtobus yo‘nalishida joriy yilning 15 fevral sanasidan 28 fevral sanasigacha qatnovlar tashkil etildi. Lekin, yo‘nalishda yo‘lovchilar oqimi kamligi, yo‘nalishda avtobus yoqilg‘isining harajati ham qoplanmaganligi sababli qatnovlarni to‘xtatishga majbur bo‘lindi.
Mazkur yo‘nalishda subsidiyalash tizimini joriy qilish orqali tashkil etilishi belgilab olindi.
Subsidiyalash tizimi orqali yo‘nalishda avtobus qatnovlari tiklansa, tumanning “Intilish”MFY, “Ilg‘or” MFY, “Turkiston” MFY hamda “Orzu” MFYlari jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olinib, mahalliy aholi uchun qulay transport xizmatlari tashkil etiladi. Ushbu MFYlarga olib boruvchi yo‘llar talabga javob beradi.
Sayxunobod tumani bo‘yicha
“Sintob” MFY, “Paxtaobod” MFY, “Yangi hayot” MFYlariga amalda “Damas” rusumli yengil avtomobillar xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu avtomobillar faoliyati litsenziyalanib, yo‘nalish pasportlari tasdiqlangandan so‘ng hisobotga kiritiladi.
Xovos tumani bo‘yicha
“Oqchangal” va “O‘zbekiston to‘kinchiligi” MFYlarga jamoat transporti xizmati tashkil etish maqsadida, “Ahmadbek trans Yangier” MChJ avval foydalanishda bo‘lgan 1 dona “ISUZU” rusumli avtobus sotib oldi.
Ushbu transport vositasi siqilgan tabiiy gaz yoqilg‘i aralashmasida ishlash uchun qayta jihozlangandan so‘ng, ShAY-237-sonli “Yangier - Oqchangal” avtobus yo‘nalishida qatnovlar to‘liq tashkil etiladi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati