Sirdaryo viloyatining yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatuvchi avtokorxonalarning harakat tarkibini yangilash choralari ko‘rilmoqda...

Chop etish Sahifani ulashish
12.07.2021 5 Yangiliklar

Sirdaryo viloyatining yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatuvchi avtokorxonalarning harakat tarkibini yangilash choralari ko‘rilmoqda...

 

         Joriy yilning 8 iyul kuni Sirdaryo viloyati transport boshqarmasida Transport vazirligi “Yo‘lovchi va yuk avto tashuvlarini muvofiqlashtirish” boshqarmasi boshlig‘i A.Isaev, Xitoy Xalq Respublikasining ilg‘or avtobuslar ishlab chiqaruvchi korxonalari vakillari va yangi avtobuslar xarid qilish istagida bo‘lgan viloyat tashuvchi korxona raxbarlari bilan birgalikda uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yig‘ilganlarga bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan avtobuslarning imkoniyatlari, texnik xususiyatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilib fikr almashildi.

     

         Viloyat tashuvchi korxonalari tomonidan jami 20 dona zamonaviy avtobuslarni xarid qilish istagi bildirilib, ishlab chiqaruvchiga avtobuslar bo‘yicha o‘z talab va takliflarini berishdi. Ishlab chiqaruvchi vakillar tomonidan tashuvchi korxona rahbarlarining talab va takliflari o‘rganib chiqilib, joriy yilning 12 iyul kuniga qadar avtobuslar bo‘yicha shartnomalar taqdim etilishiga kelishildi.

   

         Olib kelinishi rejalashtirilgan 20 dona yangi avtobuslardan 6 tasi Guliston shahar ichi yo‘nalishlariga 12 tasi shahar atrofi yo‘nalishlariga va 2 tasi viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarga joylashtirilishi, ushbu yo‘nalishlardan bo‘shaydigan Isuzu rusumli avtobuslarni viloyatning jamoat transporti yetib bormagan aholi punktlariga joylashtirish belgilangan.   

 

 

             Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati