Sirdaryo viloyatiga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “JAC” rusumli 6 dona yangi avtobuslar olib kelindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–6155-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun xarajatlarning bir qismini qaytarish tartibi joriy qilindi.
Zamonaviy turizm transport, ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish sohalarining yuqori darajada rivojlanishiga asoslangan bo‘lib, bu oxir-oqibat uni iqtisodiyotning yuqori rentabelli sohasiga aylantiradi. O‘zbekiston Respublikasida mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq turizm sohasini davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlash, mazkur soha bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga imtiyozlar yaratib berish, shuningdek, turizm sohasi uchun infratuzilmani shakllantirish borasidagi ishlar jadal sur’atlar bilan davom ettirilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish va davlat tomonidan huquqiy tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Mazkur sohani rivojlantirish maqsadida tadbirkorlarga juda katta imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilganligi soha rivojining asosiy omili bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda ba’zi bir kamchilik va foydalanilmayotgan imkoniyatlar borki, ularni bartaraf etish va bu yo‘lda rivojlangan xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun avtomobillar uzog‘imizni yaqin, og‘irimizni yengil qiladigan eng maqbul ko‘makchiga aylanib ulgurdi. Hukumatimiz tomonidan aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, yangi-yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham e’tiborga molik. Ayniqsa, shahar va shahar atrofidagi yo‘nalishlarda avtobuslar qatnovining ortayotgani quvonarli holat. Chunki, u yengil taksilarga qaraganda narx borasida ancha arzon bo‘lib, ishonchli va xavfsizligi bilan ham ajralib turadi. Bu borada Prezidentimizning 2017 yil 10 yanvardagi «Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qanot bergani ham rost.


Hududlarning rivojlanishi uchun muhim omillardan biri bu – ularning o‘rtasidagi transport aloqasini ta’minlashdir.
Qisqa qilib aytganda, barcha aholi punktlaridan poytaxtimizga, eng yirik shaharlar va turistik markazlarga tezda kelib-ketish imkoniyatini beradigan, o‘zaro bog‘langan transport tarmog‘ini yaratishimiz lozim.
Aholi punktlari o‘rtasidagi, ayniqsa, qishloqlarni tuman, viloyat markazlari bilan bog‘laydigan uzluksiz avtobus qatnovlarini hususiy sektorni jalb qilish orqali ko‘paytirish, aholini transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan bir qatorda, jamoat transportining uzoq muddat xizmat ko‘rsatishiga erishiladi.
Shu munosabat bilan, viloyatimiz aholisiga sifatli jamoat transporti xizmatlarini tashkil qilish, transport yetib bormagan aholi punktlariga avtobuslar qatnovini tashkil qilish maqsadida, Boyovut tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan “PRINCE AUTO” MChJ tomonidan Agrobank ATB Boyovut tumani filialining 5 yillik 8 foizli 150 (bir yuz ellik) ming AQSh dollari miqdoridagi valyuta krediti hisobidan Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “JAC” rusumli 6 dona yangi avtobuslar harid qilindi.

Ushbu avtobuslar Boyovut tuman markazidan viloyat markazi yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatadi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati