Sirdaryo viloyatida aholiga yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashuvchi korxonalar rahbarlari diqqatiga!!!
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi Sizga shuni ma’lum qiladiki, viloyat IIB YHXB boshlig‘ining 2021 yil 26 maydagi 10/3-1338 sonli xati boshqarmaga kelib tushdi. Ushbu xatda so‘ngi vaqtlarda siqilgan tabiiy gaz uskunalari o‘rnatilgan avtotransport vositalaridan foydalanishda ayrim muammolar mavjudligi baxtsiz xodisalarni keltirib chiqarishiga sabab bo‘layotganligi, avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarni belgilangan tartibda texnik sinovdan o‘tkazilmayotganligi, jismonan va ma’nan eskirgan gaz ballonlardan foydalanib kelinayotganligi hamda avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor shaxobchalari tomonidan me’yordan ortiq gaz to‘ldirilishi natijasida insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazadigan, ko‘pincha o‘lim bilan tugaydigan baxtsiz xodisalarni keltirib chiqarayotganligi xususan, 2021 yil 13 aprel kuni Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Mustaqillik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan, Jizzax viloyati ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish boshqarmasi huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonasiga tegishli “Isuzu NPR 82 KLVAY” rusumli, 25 145 GAA davlat raqam belgili maxsus axlat tashuvchi avtomobiliga o‘rnatilgan siqilgan tabiiy gaz ballonida portlash sodir bo‘lgan. Natijada, piyodalar o‘tish joyida turgan 2 nafar fuqaro og‘ir tan jaroxati olganligi shuningdek, 22 aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Istiqlol MFY, Shilvi qishlog‘ida joylashgan, “National Food Market” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shahobchasida “Nasaf Al Zebona Trans” MChJga tegishli “Nexia” rusumli 70 558 TTF davlat raqam belgili avtotransport vositasi siqilgan tabiiy gaz bilan to‘ldirib bo‘lgandan so‘ng gaz ballonda portlash sodir bo‘lganligi natijasida 1 nafar fuqaro vafot etgan va 1 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olganligi keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari yuqoridagi transport vositalari o‘rganilganda, tegishli mutasaddi korxonalar tomonidan transport vositalarini yo‘nalishga chiqishdan oldin belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazish va ularni belgilangan saqlash joylarida saqlanmasdan foydalanib kelinganligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Sizdan jamiyatingizga qarashli transport vositalarini yo‘nalishga ishga chiqarishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2014 yil 14 fevralda 2560-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan yo‘riqnomaga asosan haydovchilarni kundalik tibbiy ko‘rikdan, transport vositalarini texnik ko‘rikdan sifatli o‘tkazishingizni, transport vositalariga o‘rnatilgan tabiiy gaz ballonlarni belgilangan muddatlardan kechiktirmasdan sinovdan o‘tkazishingizni hamda korxonangiz mas’ullari va haydovchilariga yuqoridagi holatlar kabi xodisalar sodir etilmasligi yuzasidan navbatdan tashqari yo‘riqnomalar o‘tkazishingiz talab qilanadi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati