Sirdaryo viloyatida 4 ta zamonaviy logistika markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
23.04.2021 5 Yangiliklar

Sirdaryo viloyatida 4 ta zamonaviy logistika markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari R. Usmonov raisligida 2021 yil 19 mart kuni o‘tkazilgan 25-sonli yig‘ilish bayoni 1-bandida Sirdaryo viloyatida 4 ta zamonaviy logistika markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berilgan edi va haqiqatda 4 ta logistika markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan birlamchi ishlar amalga oshirildi:

1.Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Dushanbe” M-34 avtomobil yo‘li bo‘yidan “Xolboy hoji maskani” MChJ tomonidan 14 ga yer maydonida “Avtomobillarga yoqilg‘i quyish va texnik xizmat ko‘rsatish” majmuasi qurilishi ishlari boshlangan bo‘lib, bugungi kunga qadar 28 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlari amalga oshirilgan.

Viloyatda  transport infratuzilmasini  yanada takomillashtirish, eksport-import  salohiyatini oshirish hamda xalqaro va milliy yuk tashuvchilarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, jamiyat ta’sischilari bilan suhbatlashildi va mazkur majmuada transport-logistika xizmatlarini yo‘lga qo‘yish hamda shu maqsadlar uchun qo‘shimcha bino va inshoatlar qurish to‘g‘risida kelishib olindi.

Zamonaviy transport-logistika markazi qurilishi uchun tadbirkor tomonidan 20 mlr. so‘m imtiyozli bank krediti mablag‘lariga ehtiyoj borligi, buning uchun garov ta’minoti mavjudligi ma’lum qilinib, kredit mablag‘lari ajratilishida amaliy yordam berilishi so‘ralmoqda.

  1. “Sirdaryo impeks gold” MChJ tomonidan Sirdaryo tumani Baxt shaxri “Temir yo‘l vokzali” hududiga yaqin joydan 1,12 ga yer maydoni tanlab olinib, bugungi kunda rasmiylashtirish ishlari yakunlanmoqda. Ushbu hududdan avtomobil va temir yo‘l transportida mahsulotlarni eksport-import qilishda tadbirkorlarga ko‘maklashish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida foydalanish ko‘zda tutilgan.
  2. ”Malika Buned” MChJ tomonidan Sirdaryo tumani “Malik” SIU “Navro‘z” MFY hududida 1,2 ga yer maydonida logistika markazi qurilishi yakunlanmoqda. 1,2 km    temir yo‘l shahobchasini asosiy temir yo‘l tarmog‘iga ulanishga tegishli ruxsat olishda amaliy yordam so‘ralmoqda.

4.Sirdaryo tumanidagi ”Sirdaryo invest sabzavod” MChJ tomonidan 0,6 ga yer maydonida qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti uchun mo‘ljallangan logistika markazi qurilishi uchun 1,2 mlrd. so‘m investitsiya mablag‘lari kiritilgan, hozirda qurilish ishlari davom ettirilmoqda. Keng tarmoqli logistika markaziga aylantirish uchun qo‘shimcha 1,5 ga yer maydoni hamda 3 mlrd. so‘mlik imtiyozli bank kreditiga ehtiyoj mavjud.

Hozirda transport-logistika markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tuman va shahar hokimliklari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati