Sirdaryo viloyati markazining jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etildi

Chop etish Sahifani ulashish
16.07.2021 6 Yangiliklar

Sirdaryo viloyati markazining jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etildi

 

"ATTO" transport kartasi jamoat transportida yo‘l haqi uchun tez va qulay tarzda to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Ayni paytda Guliston shahri ichki yo‘nalishlarda qatnovchi barcha jamoat transportida ham naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim joriy etildi. Barcha avtobuslarda validatorlar o‘rnatilgan. 

Endilikda siz "ATTO" transport kartasini Guliston dehqon bozori, Sahovat savdo markazi va 6 mavze (Buyuk kelajak massivi) maxsus kassalaridan sotib olishingiz mumkin.

Karta hisobini "MyUzcard", "Payme", "Click" va "Paynet" kabi ilovalar orqali to‘ldirish imkoni mavjud. Yagona transport kartasining narxi 5 ming so‘mni (kartani ichida 5 ming puli bor) tashkil etadi va ikki yil davomida amal qiladi. 

ATTO xizmatidan qulay foydalanish, shuningdek «ATTO» transport kartasini blok qilmaslik uchun 1000 so‘m ortiq miqdorni blansda saqlash tavsiya etiladi.

Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, 2021 yilda respublikaning barcha shaharlarida shahar ichi, 2022 yilda shahar atrofi yo‘nalishlarida yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etish rejalashtirilgan.

 


Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi matbuot xizmati