Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi M-34 «Toshkent-Dushanbe» avtomobil yo‘lining 90-kilometri, «Sho‘ro‘zak» kollektori ustida joylashgan temir-beton ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati pasayib, ta’mirtalab holga kelib qolgani uchun Sirdaryo viloyatiga kiruvchi va chiquvchi yuk avtotransport vositalarining ushbu ko‘prik orqali harakati vaqtincha taqiqlanadi
«Toshkent-Jizzax» yo‘nalishi bo‘yicha vaqtincha viloyat hududiga kirib kelayotgan yuk tashuvchi avtotransport vositalarining qatnovi xalqaro ahamiyatdagi M-34 «Toshkent-Dushanbe» avtomobil yo‘lining 70-83 kilometri, mahalliy ahamiyatdagi 4K-643 «Sirdaryo sh.-Malik q.-Baxt sh.» avtomobil yo‘lining 0-5 kilometri, 4K-642 «Sindorobod q.-Safar ota q.-Malik q.-Baxt sh.» avtomobil yo‘lining 9-17 kilometri hamda M-34 «Toshkent-Dushanbe» avtomobil yo‘lining 94-104 kilometri orqali amalga oshiriladi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati