Sirdaryo viloyati Guliston shahrining jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomilashtirish Bosh reja loyihasi ishlab chiqilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
16.06.2021 5 Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Guliston shahrining jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomilashtirish Bosh reja loyihasi ishlab chiqilmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida “Toshkent shahri va hududlarda jamoat transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 96-sonli bayoni bilan Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Transport vazirligi, Toshkent Davlat Transport univesiteti bilan birgalikda salohiyatli ekspertlarni jalb etgan holda 2021 yil yakuniga qadar o‘rta va yirik (30 ta ) shaxarlarda jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomilashtirish Bosh reja loyixalarini ishlab chiqish topshrig‘i berilgan.
Mazkur topshiriqqa asosan Guliston shahrining jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomilashtirish Bosh reja loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
Bugungi kunda Bosh reja loyihasini ishlab chiqish uchun Jizzax politexnika institutini jalb qilingan. Hozirda Guliston shahar hokimligi tomonidan institut mas’ullari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Boshqarma tomonidan ekspert guruhiga loyihani ishlab chiqish uchun zarur bo‘ladigan dastlabki ma’lumotlar yig‘ib berildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, Guliston shahrining jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomilashtirish, mahalliy tashuvchi korxonalarga qulay ish sharoitini yaratish, aholiga sifatli jamoat transporti xizmatlarini tashkil etishdan iboratdir.

 

 

Sirdaryo  viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati