Sirdaryo viloyat avtotransport sohasini boshqarish va yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish Komissiyasi tomonidan joriy yilning 7 iyul kuni avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish bo‘yicha ochiq tender tanlovi o‘tkazildi.

Chop etish Sahifani ulashish
07.07.2021 5 Yangiliklar

Sirdaryo viloyat avtotransport sohasini boshqarish va yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish Komissiyasi tomonidan joriy yilning 7 iyul kuni avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish bo‘yicha ochiq tender tanlovi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ochiq tenderga 72 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari hamda 6 ta yo‘nalishlar paketi qo‘yilgan.

Mazkur ochiq tender tanloviga 1 ta paket bilan qo‘yilgan ShI-2 sonli “Guliston TYB – 2,4,5-mavze hamda  ShI-12 sonli “Guliston TYB – Universitet” shahar ichi avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha raqobat muhiti kuzatilgan bo‘lib, “Uchlik Ishonch Savdosi” MChJ hamda “Yo‘lchi Yulduz Avtotrans” MChJlari o‘z tender takliflari bilan ishtirok etishdi. Ushbu yo‘nalishlar paketi bo‘yicha “Uchlik Ishonch Savdosi” MChJning tender takliflari  yo‘nalishlar paketida kutilayotgan minimal ball va ikkinchi ishtirokchi to‘plagan balldan yuqori 76,8 ball to‘plab g‘olib deb e’lon qilindi.

ShAY-228 sonli “Guliston-Navbahor” shahar atrofi avtobus yo‘nalishi bo‘yicha “Guliston Karvontrans Servis” MChJ (28,29 ball) hamda “Sardoba temir yo‘l agrosanoat majmuasi” UKlar (28,35 ball) o‘z tender takliflari bilan ishtirok etib, yo‘nalishda kutilayotgan minimal balldan past ball to‘plaganliklari sababli yo‘nalish kelgusi ochiq tender tanloviga qoldirildi.

Bitta paket bilan qo‘yilgan ShAY-265 Sirdaryo-Guliston va ShAY-204 sonli Guliston-I.Karimov shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha “Sirdaryo Trans Servis” XFo‘z tender takliflari bilan ishtirok etib, yo‘nalishlar paketida kutilayotgan minimal balldan yuqori 64,93 ball to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bitta paket bilan qo‘yilgan ShAY-216 Sirdaryo - Baxt va ShAY – 278 sonli Sirdaryo ABB – Sholikor shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha “Baxt Ekspres Hamroh” MChJo‘z tender takliflari bilan ishtirok etib, yo‘nalishlar paketida kutilayotgan minimal balldan yuqori 65,2 ball to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

ShAY-210 sonli Guliston – Ishonch shahar atrofi avtobus yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi marta bitta ishtirokchi bo‘lib qatnashgan “Narzulla Aziz Trans” MChJning tender takliflari baholanib, yo‘nalishda kutilayotgan minimal balldan yuqori 36,6 ball to‘plab g‘olib deb e’lon qilindi.

ShI-1 sonli Yangier – Xovos shahar ichi avtobus yo‘nalishi bo‘yichaikkinchi marta bitta ishtirokchi bo‘lib qatnashgan “Shax Yan Trans Servis” MChJning  tender takliflari baholanib, yo‘nalishda kutilayotgan minimal balldan yuqori36,8 ball to‘plab g‘olib deb e’lon qilindi.

ShAY-213 sonli Toshkent mahallasi – Guliston, ShAY-289 sonli Guliston – Yangiobod shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari, ShYT-204 sonli Shirin – Qoraqum hamda ShYT-249 sonli Sohil shaharchasi – Guliston shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tender takliflari bilan ishtirok etgan tashuvchi korxonalar tomonidan tender xujjatlari paketida ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganligi sababli takliflar baholanmadi. Yo‘nalishlar kelgusi ochiq tender tanloviga qoldirildi.

 

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati