Sirdaryo tumanining yozda chang, qishda loy ko‘chalariga qum-shag‘al to‘kilib tekislandi
Sirdaryo tumanining yozda chang, qishda loy ko‘chalariga qum-shag‘al to‘kib tekislash ishlari boshlab yuborildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Mahallabay" ishlash tizimini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi tashabbusi hududlardagi muammo va yechimini kutayotgan masalalarning bartaraf bo‘lishiga mustahkam va ishonchli zamin yaratmoqda.
Bugungi kunda mahallalar hududini obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani kompleks rivojlantirish, shuningdek, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiyalari hamda shu asosda aholining turmush sharoitini yuksaltirish asosiy vazifa sifatida qaralmoqda.
Xususan, xashar yo‘li bilan 19 ta (Sholikor, Bahmal, Furqat, Shirin, Farovon, Paxtakor, Orzu, Zarshunos, Xazina, Ahillik va boshqa) mahallalarning qishda loy, yozda chang ko‘chalariga 150 dan ortiq transportlar yordamida qum-shag‘al olib kelinib, to‘kib tekislandi.
Birgana "Sholikor" mahallasining 4 ta jami 2 km masofadagi ichki yo‘llar ta’mirlandi. Tuman markazidan 8 km uzoqlikda joylashgan ushbu mahallaga optik tolali internet tarmog‘i tortildi. 3 ta ichimlik suvi imorati bo‘yoqlanib, joriy ta’mirlandi. Bundan tashqari mahalla xonadonlaridagi elektr tarmoqlari uchun “aqlli hisoblagichlar” o‘rnatildi. Mahalladagi o‘zgarishlarni sezgan aholi xasharga otlandi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati