Sirdaryo tumanining “Hikmatli” va “Baxmal” mahallalarida jamoat transporti (avtobus) qatnovlari tashkil etildi

23.04.2025

Sirdaryo tumanining “Hikmatli” va “Baxmal” mahallalarida jamoat transporti (avtobus) qatnovlari tashkil etildi

      Sirdaryo tumanining ““Hikmatli”, “Baxmal” va “Kamolot” mahallalari hamda tuman aholisiga jamoat transportida qulayliklarni yaratish, chekka hududdagi mahallalar bilan tuman markazini bog‘lovchi avtobus/mikroavtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
       Jumladan, Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi, “Baxt Ekspres Hamroh” MChJ va boshqa mutasaddi idora va tashkilotlar xodimlari tomonidan ushbu hududlarda muntazam jamoat transporti qatnovlarini tashkil etish bo‘yicha joyiga chiqqan holda zaruriy o‘rganishlar o‘tkazildi.

1


O‘rganishlar natijasiga asosan tumanning “Hikmatli” va “Baxmal” mahallalaridan Sirdaryo temir yo‘l stansiyasigacha “Hikmatli MFY – Sirdaryo TYS, 7-maktab orqali” va “Baxmal MFY – Sirdaryo TYS, 41-maktab orqali” yo‘nalishlarida “Baxt Ekspres Hamroh” MChJga qarashli avtobuslarda 2025-yilning 23-aprel kunidan sinov qatnovlari amalga oshirilishi belgilandi.

2


Sinov qatnovlari davomida ushbu mahallalar hududidagi kunlik faol aholi soni va mahalliy aholining jamoat transporti xizmatlaridan foydalanish darajasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, muntazam jamoat transporti qatnovlari va doimiy avtobus yo‘nalishi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

3


Yuqoridagilarni inobatga olgan holda mazkur mahallalarda istiqomat qiluvchi hudud aholisiga kunlik harakatlanish davomida jamoat transporti xizmatlaridan foydalanishini tavsiya qilamiz.
Ma’lumot uchun: “Hikmatli” MFYdan harakatlanuvchi avtobus tumandagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi orqali, “Baxmal” MFYdan harakatlanuvchi avtobus tumandagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi orqali harakatlanadi, qatnovlar mahallalar hududidan ertalab soat 08:00 dan boshlanadi, soat 13:30 da 7- va 41-sonli maktablar hududidan o‘tadi, kechki vaqt 16:20 da Sirdaryo TYS hududidan MFYlarga tomon harakatlanadi. Yo‘l kira narxi bir yo‘lovchi uchun 3 000 (uch ming) so‘m.
Sinov qatnovlari natijasi va yo‘lovchilardan kelib tushadigan takliflarga asosan qatnovchi transport vositalari soni va harakat jadvallari o‘zgartirilib boriladi!

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati