Shahar jamoat transportida yo‘nalishlarida yo‘lkira haqining quyidagi cheklangan tariflari belgilandi

08.07.2025

Sirdaryo viloyati hokimining 2025-yil, 8-iyuldagi 264-9-0-Q/25-sonli qarori bilan Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarining jamoat transporti (avtobus, mikroavtobus) yo‘nalishlarida to‘lovlar shaffofligini ta’minlash, yo‘lkira to‘lovlari yig‘ilishida bosqichma-bosqich inson omilini kamaytirish, elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishni rag‘batlantirish va avtomatlashtirilgan (elektron) to‘lov tizimini rivojlantirish maqsadida qatnovlarni amalga oshirish uchun yo‘lkira haqining quyidagi cheklangan tariflari belgilandi:

a) Shahar yo‘lovchi transportlari (avtobus, mikroavtobus)da naqd pulda to‘lov amalga oshirilganda bir nafar yo‘lovchi uchun bir martalik yo‘lkira haqi – 3 000 (uch ming) so‘m (QQS bilan);

b) Shahar yo‘lovchi transportlari (avtobus, mikroavtobus)da naqd pulsiz to‘lov tizimi jozibadorligini oshirish, mazkur tizimdan foydalanishga yo‘lovchilarni keng jalb qilish, sohadagi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish maqsadida shahar jamoat transportlari (avtobus, mikroavtobus)da elektron shaklda (yagona transport kartalari (ATTO), bank kartalari va boshqa elektron to‘lov turlari) orqali to‘lovlar amalga oshirilganda bir nafar yo‘lovchi uchun bir martalik rag‘batlantiruvchi yo‘lkira haqi – 2 000 (ikki ming) so‘m (QQS bilan);

Sirdaryo viloyati hokimining 2025-yil, 8-iyuldagi "Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari jamoat transporti tizimida yangi,
qo‘shimcha va rag‘batlantiruvchi tariflarni joriy qilish hamda yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida"gi 264-9-0-Q/25-sonli qarori
.

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati

@sirdaryomintrans|sirdaryo.mintrans.uz