Sirdaryo viloyati hokimining 2020 yil 10 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yukumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va axolining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli Qarori hamda 2020 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviysportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoniijrosi to‘g‘risida»gi 277-F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maksadida, Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasida har hafta seshanba kuni “Salomatlik kuni” tashkil etilib, hodimlar o‘rtasida mini futbol va sportning boshqa turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilyapti. “Sport salomatlik garovi” shiori ostida ortiqcha vazn bilan kurashishmoqda.
Hatto ozgina ortiqcha vazn ham keksalikda ko‘pgina muammolarga sabab bo‘ladi. Ular nafaqat harakatlanishning, balki salomatlikning umumiy holatiga ham yomon ta’sir etadi. Yig‘ilgan yog‘ moddalari qon aylanishiga, qon bosimi oshishiga, diabet kasalligi paydo bo‘lishiga olib keladi. Shunday ekan, har doim sport bilan doimiy shug‘ullanmoq zarur.
Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi matbuot xizmati