SAYYOR SUD BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Sirdaryo viloyati transporti boshqarmasi binosida sayyor sud bo‘lib o‘tdi. “Ochiq muloqot” tarzida o‘tkazilgan sayyor qabulda Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudining raisi Ulug‘bek Djumaev fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi MJtK 271-modda 11-ilovasi ( Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar) hamda 2021yil 30-noyabrdagi 734-sonli (Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida) Qonunining mazmun mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatida litsenziya olish talablari va shartlari, amal qilish muddati, litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va davlat boji to‘lash tartibi, haydovchilik faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanishning salbiy oqibatlari haqida qonuniy tushuntirish berildi.
Ya’ni, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan mansabdor shaxslar yoki fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan bo‘lsa ma’muriy ish hujjatlari tugatilishi aytib o‘tildi.
Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi Axborot xizmati