Respublika hududlarida jamoat transporti harakati boshlandi.

Chop etish Sahifani ulashish
11.06.2020 12 Yangiliklar

Respublika hududlarida jamoat transporti harakati boshlandi.

Respublika hududlarida jamoat transporti harakati boshlandi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning 8 iyunidan boshlab “sariq” va “yashil” xududlarda jamoat transport (avtobuslar) ning amaldagi yo‘nalishlarda harakatlanishiga ruxsat etildi.

Shu kundan boshlab, viloyatimizdagi “sariq” va “yashil” xududlardan o‘tuvchi  11  ta shahar va 25 ta shahar atrofi yo‘nalishlarida, jami  124  dona avtobuslar harakati tiklandi.

  photo_2020-06-11_15-00-40

Bunda albatda, karantin qoidalariga qat’iy amal qilingan holda, ya’ni haydovchining tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi, yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishlari, transport vositalari esa, har safar yo‘nalishga chiqishdan oldin boshlang‘ich va oxirgi bekatlarda dezinfeksiya qilinishi talab etiladi.

 photo_2020-06-11_15-04-47

Boshqarmaning “Avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlashni nazorat qilish bo‘limi” inspektorlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur yo‘nalishlarda harakatlanayotgan jamoat transporti haydovchilari va yo‘lovchilari tomonidan karantin qoidalariga rioya etilishi doimiy nazoratga olinmoqda.