Rasman: talabalar ham bir oy onlayn o‘qiydi

Chop etish Sahifani ulashish
21.01.2022 18 Yangiliklar

Rasman: talabalar ham bir oy onlayn o‘qiydi

 


 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalishi yuqoriligini e’tiborga olgan holda, barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda (barcha ta’lim shakllari va turlari bo‘yicha) joriy yilning 24 yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida ta’lim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.

Temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolish va 2022 yil 24 fevralga qadar avia va temiryo‘l chiptalarini bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.