QULAY VA SIFATLI

Chop etish Sahifani ulashish
27.06.2022 5 Yangiliklar

QULAY VA SIFATLI

   Sirdaryo viloyatida transport infratuzilmasini tubdan yangilash aholiga sifatli, arzon transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish yuzasidan samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyatda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar va tuman markazlari bilan bog‘lovchi jamoat transporti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, viloyatga “Insof” MChJ tomonidan Xitoyning “Shineray” rusumli 4 dona zamonaviy mikroavtobuslari olib kelindi. 10 o‘rindiqli mazkur mikroavtobuslar yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz jamoat transporti sanaladi.
Tadbirkor tomonidan oy oxiriga qadar yana 6 dona mikroavtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati