Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat qilish bo‘limi inspektorlari tomonidan joylarda noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar o‘rtasida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad yo‘lovchi tashish faoliyatini qonuniylashtirishdir.


Nazorat tadbirlari davomida nafaqat huquqbuzarlikni aniqlash, balki haydovchilar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda litsenziya olish tamoyillaridagi o‘zgarishlar ham haydovchilarga batafsil tushuntirilmoqda. Xususan, yo‘lovchi tashish faoliyati uchun berilayotgan ruxsat turlaridan ba’zilarining birlashtirilganligi haydovchilarga yaratilayotgan imkoniyatlardan dalolatdir.


Shu bilan birgalikda yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksi haydovchilar o‘rtasida ham tushuntirish ishlari davom ettirilayapti. Tadbirlar davomida tashuvlarda amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar – sanitariya qoidalari, haydovchilik madaniyati, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lishning qanchalik muhimligiga ham e’tibor qaratilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari butun viloyat miqyosida keng yo‘lga qo‘yilgan.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati