Qonuniylashtirish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

30.04.2024

 

Sirdaryo viloyat prokuraturasi, viloyat transport boshqarmasi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yashirin iqtisodiyotni oldini olish, viloyatda noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarni faoliyatini qonuniylashtirish maqsadida maxsus chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Mazkur chora-tadbirlar doirasida tuman va shaharlarda yo‘nalishli va yo‘nalishsiz transport vositalari haydovchilarga yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun qonunda belgilangan tartibda faoliyatini qonuniylashtirish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati