QONUNGA RIOYA QILING!!!
Sirdaryoda joriy yilda yo‘lovchi tashish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 556 ta holat aniqlangan. Jumladan, viloyat transport boshqarmasi va viloyat IIB YHXB tomonidan 2022 yil 1 yanvardan 15 fevralga qadar 102 ta qo‘shma reyd tadbiri o‘tkazildi. Ushbu reydlar davomida 466 nafar fuqaroga nisbatan MJtKning 176³-moddasi (avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish)ga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Bugungi kunga qadar fuqarolarning 171 nafari litsenziya varaqasini olib o‘z faoliyatini qonuniylashtirgan, 21 nafar fuqarolarga nisbatan sud organlari tomonidan 29 mln 700 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima jazosi tayinlangan. 295 nafar fuqarolarga nisbatan rasmiylashtirilgan bayonnomalar ma’muriy tartibda ko‘rib chiqilishi uchun tegishli sud organlariga yuborilgan.
Bunday huquqbuzarlik uchun fuqarolarga nisbatan BHMning 7 baravar, mansabdor shaxslarga esa — 30 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati