Qonun loyihasiga bag‘ishlangan tadbir

Chop etish Sahifani ulashish
01.07.2022 5 Yangiliklar

Qonun loyihasiga bag‘ishlangan tadbir

 

  Sirdaryo viloyati transport boshqarmasida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i Oybek Erbekov ochib berdi. Shundan so‘ng, bosh yuriskonsulti Shavkat Akramovning ma’ruzasi tinglandi.
ZOOM dasturi orqali bo‘lib o‘tgan tadbirda Guliston avtostansiyasi, Sirdaryo AYBB, Boyovut, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sardoba, Sirdaryo, Xovos TYFUK, Xovos temir yo‘l uzeli xodimlari ishtirok etdilar. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarda barcha o‘z takliflari bilan ishtirok etmoqda. Konstitutsiyaga qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan jami 60 417 tadan ortiq taklif kelib tushgan. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyamizning 60 dan ortiq moddalariga 200dan ortiq tuzatishlarni nazarda tutmokda. Joriy yilning 25 iyunidan boshlangan umumxalq muhokamasi natijasi umumlashtirilib, qonun loyihasi 5 iyulga qadar davom etadi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati