Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi tomonidan viloyatimiz aholisiga yengillik yaratish, xalqning uzog‘ini yaqin qilish hamda aholiga arzon va sifatli transport xizmati ko‘rsatish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, viloyatimiz aholisi uchun PAXTAOBOD-GULISTON-TOShKENT shaharlaro yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bunga ko‘ra qatnovlar “PAXTAOBOD” avtostansiyasidan soat 6-00 da boshlanadi. “Toshkent” avtovokzalidan avtobus 14:00 “PAXTAOBOD” shaharchasiga jo‘naydi.
Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari va chipta narxlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni “Toshkent” avtovokzalining (71) 207-87-00 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.