“O‘zbekiston Respublikasi xududida tashqi savdo yuklarini bojxona nazorati ostida tashishni soddalashtirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020 yil 5 iyundagi PF-6005-son Farmoniga muvofik, shuningdek, mamlakatimizning transport logistika salohiyatini kengaytirish, tranzit jozibadorligini oshirish xamda tashqi savdo yuklarini bojxona nazorati ostidagi tashishni soddalashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash maksadida Vazirlar Maxkamasi qaror qiladi:
- Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yullarida tashiladigan va bojxona hamrohligida kuzatib boriladigai bojxona nazorati ostidagi transport vositalari va tovarlarni, bojxona xamroxligidagi kuzatuvni tashkil etish, bojxona xamroxligidagi kuzatuvlar uchun bojxona yigimlarini undirish tartibini, shuningdek, bojxona hamrohligidagi kuzatuvni amalga oshiruvchi xodimlarning huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Bojxona nazorati ostida avtomobil yo‘llarida tashilayotgan tovarlarning bojxona hamrohligidagi kuzatuvini tashkil etish tartibi tugrisida;
chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida va interaktiv shaklda o‘zaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish, shuningdek, bojxona organi ruxsatisiz tovarlar berib yuborilganda, yo‘qotilganda yoki manzil bojxona postiga belgilangan muddatda xamda o‘zgarmas holatda yetkazilmaganda, bojxona to‘lovlarini hisoblash va undirish tartibini nazarda tutuvchi Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashni vakolatli shaxslar bilan real vakt rejimida va interaktiv shaklda o‘zaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi tugrisida;
- Bojxona hamrohligida kuzatib boriladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi jo‘natuvchi hamda manzil bojxona postlarida, shuningdek, qabul qilish-topshirish punktlarida ustuvor tartibda amalga oshiriladi.