“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi asosida Sidaryo viloyatida ta’mirtalab yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha to‘rt yillik reja-dastur ishlab chiqildi
Sirdaryo viloyatida avtomobil yo‘llarining uzunligi 5 214 km bo‘lib, shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari 1 450 km ni tashkil etadi.
Jumladan:
xalqaro ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari - 259 km;
davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari - 505 km;
mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari - 686 km;
shuningdek ichki xo‘jalik, shaharlar va qishloq aholi punktlari ko‘chalari 3 764 km maydonni egallaydi.
2021 yil 1 yanvar holatiga 1 483,0 km ichki xo‘jalik yo‘llari va ko‘chalar ta’mirtalab ahvolda.
Viloyatdagi mavjud 319 ta qishloqlar, 236 ta mahalla fuqarolik yig‘inlari, 12865 ta ko‘chalardagi ichki yo‘llar mahallama-mahalla piyoda yurib chiqilib, haqiqiy holat o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra viloyatdagi 1483,0 km ta’mirtalab yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha to‘rt yillik reja-dastur ishlab chiqildi. Ushbu reja-dasturga muvofiq 2021 yilda 503,6 km, 2022 yilda 325,5 km, 2023 yilda 335,6 km, 2024 yilda 318,3 km ichki yo‘llar to‘liq ta’mirlanadi.
Viloyatda joriy yilda 503,6 km uzunlikdagi avtomobil yo‘lini ta’mirlash bo‘yicha ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda yo‘l ishlarini sifatli amalga oshirish maqsadida mahalliy arzon materiallardan foydalangan holda mustahkam konstruksiya turlari tasdiqlandi.
Jumladan:
373,9 km tuproq yo‘llarga shag‘al yotqizish;
46,2 km yo‘lning yuza qismiga ishlov berish (turk tajribasi);
25,3 km shag‘al yo‘llarni qora qoplamali yo‘lga o‘tkazish;
58,2 km yo‘llarga asfaltobeton qoplama yotqazish ishlari kelishilgan grafik asosida olib boriladi.
Islohotlarni amalga oshirishning mahallabay tizimini joriy qilinishi munosabati bilan 2021 yilda yo‘llarni ta’mirlash dasturlari ushbu prinsipda shakllantirildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprledagi PQ–5048-son qarori bilan tasdiqlangan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida viloyatda 22 ta mahalla fuqarolik yig‘inlari, 421 ta ichki xo‘jalik ko‘chalar mahallama-mahalla piyoda yurilib, holat o‘rganildi.
Tasdiqlangan dasturiga asosan viloyatda jami 152,5 km. uzunlikdagi ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash uchun 58,2 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.
Shundan:
Asfaltobeton qoplamali yo‘llarni ta’mirlash - 34,1 km,
Qum-shag‘al aralashmasi yotqizish usulida ta’mirlash - 118,4 km.
Sifat nazoratini o‘rnatish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, yo‘l nazorat inspeksiyasi inspektorlaridan iborat jamoatchilik nazorati tashkil etildi. Bunda pudrat tashkilotlari tomonidan ob’ektni 5 yil davomida ekspluatatsiya qilinishiga hamda yo‘lning texnik soz holatda saqlanishiga to‘liq javob berishi yo‘lga qo‘yildi.
Loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangan ichki yo‘l ob’ektlari bo‘yicha
2021 yil 7 iyun holatiga:
Viloyat bo‘yicha jami 281,0 km uzunlikdagi ichki xo‘jalik yo‘llari ta’mirlandi. Shundan:
49,5 km ichki yo‘llar dasturlar asosida ta’mirlandi.
231,5 km ichki yo‘llar dasturdan tashqari xashar yo‘li bilan ta’mirlandi.
Bundan tashqari, joriy yilning yanvar-may oylari davomida:
Sirdaryo viloyatidagi 105 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va 2 ta ko‘prik ta’mirlandi.
Viloyatda II chorak davomida quyidagi hajmda ishlar amalga oshiriladi va 222,6 km ichki yo‘llar ta’mirlanadi. Xususan:
116,4 km ichki yo‘llar shag‘al yo‘lga aylantiriladi;
46,2 km yo‘lning yuza qismiga ishlov berish (turk tajribasi);
25,3 km shag‘al yo‘llar qora qoplamaga o‘tkaziladi;
34,7 km yo‘llarga asfaltbeton qoplama yotqaziladi.
Shuningdek, 255 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari joriy ta’mirlanadi.
Shuningdek tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish dasturlari aososida 2020 yildan o‘tuvchi 19 dona va yangidan boshlanuvchi 2 dona jami 21 dona ko‘priklarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati