O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-11-sonli Farmoni hamda PQ-311-sonli qarorlari yuzasidan targ‘ibot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.01.2024 yildagi "Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-11-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati prokuraturasining Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida nazorat bo‘limi, viloyat YHXB, transport nazorat inspeksiyasi, transport boshqarmasi va soliq boshqarmasining xodimlari bilan hamkorlikda maxsus chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, viloyat bo‘yicha 5 ta reyd guruhlar tuzildi.
Ushbu reyd guruhni tuzishdan asosiy maqsad noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarning faoliyatini qonuniylashtirish va o‘zini – o‘zi band qilishga qaratilib, targ‘ibot va reyd tadbirlarini olib borildi.
2024 yil aprel oyidan boshlab, olib borilgan reyd tadbirlar natijasida jami 1259 ta fuqarolar noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari olib borilgan reyd tadbirlar va profilaktik suhbatlar natijasida 1296 ta fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirilib litsenziya varaqalari bilan ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1763-moddasida “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsezniyasiz shug‘ullanish” fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 (yetti) baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa 30 (o‘ttiz) baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi haqida tushuntirishlar berib borilmoqda.
Haydovchilar litsenziya va litsenziya varaqalari olishi uchun Davlat xizmatlari markazi orqali ariza yuborgan taqdirda bazaviy xisoblash miqdorining bir baravari yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda ariza yuborganda bazaviy hisoblash miqdorining 0.9 baravari miqdorida davlat boji undirilishi eslatib o‘tildi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi Siz xaydovchilardan faoliyatingizni qonuniy qilgan holda ishlashga chaqirib qoladi.




Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati