MUROJAATGA JAVOB!

Chop etish Sahifani ulashish
13.01.2021 13 Yangiliklar

MUROJAATGA JAVOB!

 

“1-yanvardan yo‘nalishsiz taksilarga litsenziya bekor bo‘ladi, deb Yurtboshimiz qaror chiqardilar. Lekin litsenziya xodimlari haligacha gai xodimlari bilan reyd o‘tizishmoqda. Qaror tasdiqlanmaganmi?”, murojaatiga Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

Bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2011 yil 18 maydagi 139-sonli “Yo‘nalishsiz taksilar  faoliyatini  tartibga solish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori amalda bo‘lib, shaxsiy yengil avtotransport vositalarida o‘zini-o‘zi band qilish yo‘li bilan yo‘lovchi tashish faoliyatiga ruxsat berish masalasi tegishli vazirliklar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Bunda, yo‘lovchilarning hayoti va sog‘ligini asrash, avtotransport vositalarining texnik xolatini  va haydovchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor talab etiladi.

Ushbu masala yuzasidan tegishli vazirliklar xulosalari va takliflari Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi va tegishli qaror loyihasi ishlab chiqiladi.

Agar qaror loyihasi tasdiqlanadigan bo‘lsa, barcha ommaviy axborot vositalari va rasmiy kanallarda e’lon qilinadi.

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati