Masofaviy o‘qish tashkil etildi

Chop etish Sahifani ulashish
15.07.2020 6 Yangiliklar

Viloyatdagi barcha yo‘lovchi va yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tashuvchi korxonalar rahbarlari diqqatiga!

 

O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasi hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining (hozirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi) 2006 yil 6 sentabrdagi 98-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan  Nizomning 10-bandida “Yo‘lovchilar va yuklarni tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlari agentlik tomonidan tasdiqlangan  maxsus dasturlar bo‘yicha uch yilda kamida bir marta o‘z malakasini oshirib, malaka imtihoni topshirishi kerak”ligi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining  2006 yil 6 sentabrdagi 98-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda litsenziya talab va shartlarining buzilishini oldini olish maqsadida, attestatsiya muddati tugagan (tugayotgan) tashuvchi korxonalar rahbarlari, mas’ul xodimlari hamda yangidan tashkil etilayotgan avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning rahbar va mas’ul xodimlari  qisqa muddat ichida Transport vazirligi huzuridagi  “Avtomobil  transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti”da joriy yilning iyun oyidan boshlab “Avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning  rahbar va mas’ul xodimlari” va “Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari” yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan masofaviy malaka oshirish o‘quv kurslarida o‘z malakalarini oshirishlari so‘raladi.

Ushbu 28 kun davom etadigan masofaviy o‘quv kurslarida malaka oshirishga talabgor bo‘lgan shaxslar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zarur darajada o‘zlashtirgan va ularni qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishlari hamda internet tarmog‘i  mavjud hududlardan institutning  www.qabul.avtoilm.uz manzili orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim bo‘ladi.

Murojaat uchun tel: (95) 196 44 43 (O. Boliev)

                                               (90) 121 43 76

 

Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi