YO‘LOVChI TAShISh QOIDALARI
Mamlakatimizda haydovchilarning qonuniy faoliyat olib borishi uchun ko‘p imkoniyatlar yaratilmoqda. Ya’ni, haydovchi yo‘lovchi xavfsizligi uchun javobgar shaxs sanaladi. Shunday ekan, fuqarolarning qonunda belgilangan talablar asosida xizmat ko‘rsatishi foydadan holi bo‘lmaydi, albatta.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudining sudyasi M.Omonov sayyor sud o‘tkazdi. Yig‘ilishda reydlar davomida litsenziyasiz shug‘ullanayotgan haydovchilar ishtirok etdi. Rasmiylashtirgan 41 ta ma’muriy bayyonnomalar ko‘rib chiqildi.
Sayyor sud davomida huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan mansabdor shaxslar va fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan 17 nafar litsenziya olgan fuqarolarning ma’muriy ish hujjatlari tugatildi. 24 nafar haydovchilarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorida jarima belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.05.2021 yildagi 5108-sonli “AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO‘LOVChILAR TAShISh FAOLIYaTINI TARTIBGA SOLIShNI YANADA SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi Qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Avtomobilda yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish uchun litsenziya talab etiladi.
Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, yo‘nalishsiz taksilarning texnik holati va asbob-uskunalarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, tashqi ko‘rinishiga va anjomlariga, yagona tanish belgilari bilan jihozlashga qo‘yiladigan talablar batafsil tushuntirildi. Shunigdek, litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, talablari va shartlari, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Eslatib o‘tamiz, litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Transport vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati