Xurmatli yo‘lovchilar diqqatiga!

Chop etish Sahifani ulashish
20.04.2021 11 Yangiliklar

Xurmatli yo‘lovchilar diqqatiga!

 

Koronavirus infeksiyasining aholi orasida ko‘payib ketganligi va o‘lim holatlari kuzatilganligi sababli jamoat transportlarida karantin talablariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilmoqda. To‘g‘ri bu faqat jamoat transporti bilin bog‘liqmasdir. Lekin aholining ko‘p qismi jamoat transportlaridan foydalanishadi.  

Bunda albatta, karantin qoidalariga qat’iy amal qilingan holda, ya’ni haydovchi va yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi, transport vositalari esa, har safar yo‘nalishga chiqishdan oldin boshlang‘ich va oxirgi bekatlarda dezinfeksiya qilinishi talab etiladi.

Boshqarmaning “Avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlashni nazorat qilish bo‘limi” inspektorlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur yo‘nalishlarda harakatlanayotgan jamoat transporti haydovchilari va yo‘lovchilari tomonidan karantin qoidalariga rioya etilishi doimiy nazoratga olishmoqda.

Xurmatli yo‘lovchilar diqqatiga!

Jamoat transportlaridan foydalanganingizda iloji boricha ijtimoiy masofa saqlab, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etishingizni so‘rab qolamiz.

Siz o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun eng kerakli insonsiz. Buni yoddingizdan chiqarmang!

 

Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati